Kroos "Real"dan ketmoqchi
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli germaniyalik futbolchi faoliyatida o‘zgarish qilmoqchi va o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Kroosga ayni damda "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va "Inter" kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar mavjud.
Ma’lumot uchun, Kroos “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 228ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol hamda 59ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi esa 80 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar