
Kuarejma: "Barselona"da muvaffaqiyat qozona olmaganimdan afsusdaman
Rikardu Kuarejma "Barselona"da muvaffaqiyat qozona olmaganidan afsusda.
"Agar nom haqida gapiradigan bo‘lsak, "Portu" - "ajoyib klub. Biroq har bir futbolchi "Barselona"da o‘ynashni orzu qiladi. Men ikkala klubda ham to‘p tepganimdan faxrlanaman. Shunday bo‘lsa-da, "Barselona" doim mening orzuim bo‘lgan.
Mening eng katta pushaymonlarimdan biri - "Barselona"da muvaffaqiyat qozona olmaganim. Shaxsan men uchun bu orzu edi.
"Agar "Barselona"da "Portu"dagi kabi o‘ynaganimda edi, buyuklar bilan tenglashib, "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan bo‘lardim", - dedi Kuarejma.
Fikrlar