Kubalik Olimpiada chempionlari qancha mukofot olishadi yoxud Islom Karimov vafoti munosabati bilan ushbu yurtda motam kuni e’lon qilinganmidi?

  • 4 dekabr, 2019, 15:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni vaqtda Toshkentda Kubadan tashrif buyurgan ikki nafar professional bokschilar o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishmoqda. Rossiyaning nufuzli promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega bo‘lgan ushbu charmqo‘lqop ustalari 15 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan boks oqshomida navbatdagi reyting janglarini ham o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Ular kecha, sparring janglarida ishtirok etdilar.

Biz imkoniyatdan foydalanib, Leomar Peresdan qisqacha intervyu olishga muvaffaq bo‘ldik.

Tecno

- Deyarli bir oydan buyon Toshkentdasizlar, qiyinchiliklar bo‘lmayaptimi?

- Yo‘q. O‘zbekiston professional boks federatsiyasi barcha sharoitlarni yaratib bermoqda.

- Milliy taomimiz palovning mazasi qanday ekan?

- Juda shirin. Faqat meni hayron qoldirgani, uchta joydan palov iste’mol qildik. Har uchchalasining ta’mi turlicha ekan. Lekin juda shirin. Menga maqul tushdi.

- Mashg‘ulotlar qay darajada o‘tmoqda?

- Shunchaki ajoyib...

-Demoqchimanki, o‘zbek murabbiylari va sparring raqiblaringizning imkoniyatlariga qanday baho bergan bo‘lardingiz?

-  O‘zbekistonni bekorga tanlamaganmiz. Chunki, bu erda yuqori saviyadagi murabbiylar va kuchli bokschilar borligini avvaldan bilganmiz. Bu erga kelib, bunga yana bir bor amin bo‘ldik.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan yurtingizda motam kuni e’lon qilinganmidi?

- Xuddi shunday.

- Nima uchun Kubada Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlardan farqli ravishda havaskor boksga e’tibor qaratiladi?

- Kommunizm ta’siri.

- Kubalik bokschilar Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritishsa, qo‘l soati sovg‘a qilinar ekan deb eshitganmiz. Shu rostmi?

- Yo‘q. Unday emas. 300 AQSh dollari tariqasida mukofot beriladi.

- Uch yuzmi yoki uch ming?

- Uch yuz.

- Demak, Lorenso Sotomayorni tushunsa bo‘lar ekan... Darvoqea, ushbu bokschi haqida kubaliklar qanday fikrda?

-  U kubalik emas. U ozarbayjonlik. Biz uchun shunday.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!