
Kuboga APL klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
Yaponiyalik yarim himoyachi Takefusa Kubo hozirda "Real Sosedad" jamoasida to‘p surmoqda, Angliyaning "Everton" klubi diqqat markaziga tushdi. Bu haqda "Liverpool World" nashri xabar berdi.
San-Sebastyan klubi prezidenti Xokin Aperribay ushbu xabarlarga shunday munosabat bildirdi:
"Kubo, Brais Mendes va Aleks Remiroga doir mish-mishlar bor. Ammo bizda ularga nisbatan hech qanday rasmiy taklif yo‘q. Bu faqat bozor shov-shuvi. Men bozor shov-shuvi nimaligini ham bilmayman" - deya javob berdi.
Ayni vaqtda "Real Sosedad"dan Martin Subimendi ketdi va 65 million evro evaziga "Arsenal" safida to‘p surmoqda.
24 yoshli Kubo o‘tgan mavsum 52 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol va 4 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transfer bahosi 30 million evroga teng.
Fikrlar