
Kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p golli vaziyat yaratayotgan futbolchi aniqlandi
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu Italiya chempionati 14-turida "Latsio" darvozasiga penaltidan gol urib, ikkita golli uzatma muallifi bo‘ldi.
A Seriyaning ortda qolgan turlari mobaynida turkiyalik futbolchi 53 ta golli vaziyat yaratdi va Evropa "top-5" chempionatlaridagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etdi.
Ikkinchi o‘rinni "Aston Villa" xavbeki Jek Grilish (43) egalladi.
Uchinchi va to‘rtinchi pog‘onani "Manchester Yunayted" futbolchisi Bruno Fernandesh (41) va "Lion" xavbeki Memfis Depay (41) egalladi. Kuchli beshlikni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne (40) band etdi.
Fikrlar