Kuchli beshlikda mavsumning eng yaxshi himoyasiga ega klublar reytingi e’lon qilindi

  • 4 iyun, 2020, 22:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning joriy mavsumdagi eng yaxshi himoya chizig‘iga ega bo‘lgan klublar nomi aniq bo‘ldi.

Tecno

Germaniya, Angliya, Italiya va Ispaniya chempionat bahslari kutilmagan voqea sodir bo‘lmasa mavsum restartiga hozirlik ko‘rishmoqda, biroq Frantsiyada mavsum muddatidan avval yakunlandi va unda PSJ mamlakat chempioni sifatida e’tirof etildi.

Bleacher report nashri to‘plagan ma’lumotga ko‘ra, PSJ mavsumning 22  ta o‘yinida darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Dunyoning eng qimmat himoyachilariga ega "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari esa 17 ta o‘yin bilan ikkinchi va  uchinchi o‘rinni band etgan.

Ushbu ro‘yxatning to‘liq varianti bilan tanishing:

1. "Pari Sen-Jermen" - 22.

2. "Manchester Yunayted" - 17.

3. "Liverpul" - 17.

4. "Atletiko Madrid" - 16.

5. "Real Madrid" - 16.

6. "Sevilya" - 16.

7. "Vulverxempton" - 15.

8. "Xetafe" - 14.

9. "Manchester Siti" - 14.

10. "Reyms" -13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!