Kukurelya faoliyatini La Liga klubida davom ettirishi mumkin!
"Chelsi" safida harakat qiyaotgan qanot himoyachisi Mark Kukurelya "Atletiko Madrid" klubi safiga qo‘shilish mumkin, deb yozmoqda "Mundo Deportivo" nashri. "Matraschilar" bir necha mavsumdan beri 27 yoshli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilib kelmoqda.
"Atletiko" rahbariyati hozircha futbolchi narxini qimmat deb hisoblamoqda. Kukurelyaning bozor qiymati 50 million yevro va bundan tashqari, "aristokratlar" bosh murabbiyi Xabi Alonso ham uni jamoada olib qolishni istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchining shartnomasi shu yilning 30 iyun kuni yakuniga yetadi.
Mirzaev Saloheddin

Fikrlar