Kulibali inqiroz qurboni bo‘ladi

  • 15 aprel, 2020, 19:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali joriy yozgi transferlar davrida jamoani tark etadi.

Tecno

La Repubblica nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis koronavirus pandemiyasi ortidan klubda yuzaga kelgan inqiroz tufayli 28 yoshli senegallik futbolchini sotishga qaror qilgan. Boisi, neapolliklar unga yiliga 16 mln evro maosh to‘la y olishmaydi.

Kulibaliga esa "Manchester Siti", PSJ va "Manchester Yunayted" kabi grand klublar xaridor bo‘lishmoqda. Lekin, ular orasida MYuning imkoniyati nisbatan yuqori baholanmoqda.

Kalidu joriy mavsum “Napoli” safida bor yo‘g‘i 15 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!