Kulibali uchun kurashda qaysi jamoa favorit?

  • 28.03.2020 09:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" klubi himoyachisi Kalidu Kulibali katta ehtimol bilan yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoasini o‘zgartiradi.

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 28 yoshli senegallik futbolchi uchun "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari raqobat qilishmoqda. Biroq, bu kurashda “qizil iblislar”ning imkoniyati nisbatan yuqori baholanmoqda.

“Napoli” esa Kulibalini 100 mln evroga baholamoqda. U joriy mavsum 21 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!