Kuman Agueroning "Barselona"ga kelishiga qarshilik qilmoqda

  • 31.03.2021 00:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" rahbariyati "Manchester Siti"dan ketishini e’lon qilgan hujumchi Serxio Agueroni jamoaga olib kelishni xohlamoqda. Ammo jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman 32 yoshli argentinalik futbolchining olib kelinishiga mutlaqo qarshi.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, niderlandiyalik mutaxassis avvaldan Aguerni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamagan. Kuman uning o‘rniga jamoaga Memfis Depa ("Lion") olib kelinishini xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Aguero ham, Depay ham mavsum yakunlangach erkin agentga aylanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!