
Kuman Ansu Fati bilan bog‘liq rejalari bilan o‘rtoqlashdi
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Chempionlar ligasi 2-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi o‘yin oldidan yosh iste’dod Ansu Fati haqida gapirdi:
"O‘tgan uchrashuvda u charchagandek ko‘rindi. Ustiga-ustak, maydonga qaytish unga kuchli ta’sir qildi. Bundan vaziyatda psixologik muammolar yuzaga kelishi mumkinligini yoddan chiqarmasligimiz lozim.
Bugun u hech qanday muammosiz mashg‘ulot o‘tkazdi. Biz unga ko‘proq o‘yin amaliyoti berishga harakat qilamiz. Lekin barchasi uning jismoniy va ruhiy holatiga bog‘liq. Har bir bahs oldidan uning qancha vaqt o‘ynashini ayta olmayman. Barchasi uning o‘ziga bog‘liq",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Benfika" - "Barselona" uchrashuvi 29-dan 30 sentyabrga o‘tar tunda, 00:00da start oladi.
Fikrlar