Kuman “Barsa” taklifiga ko‘nmagan vunderkindni asosiy jamoadan haydadi!

  • 13.07.2021 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Kuruma Moriba asosiy tarkibdan chiqarilib, ikkinchi jamoaga o‘tkazib yuborildi.

Iste’dodli yarim himoyachi o‘tgan yili birinchi jamoaga o‘tkazilgan edi. Yakunlangan mavsumda u 14 o‘yinda ishtirok etdi va raqiblar darvozasiga gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.

Klub mutasaddilari unga yangi shartnoma taklif qilishdi. Biroq, kelib chiqishi gvineyalik bo‘lgan futbolchi belgilangan maosh kamligi bois hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortdi.

Shundan so‘ng, murabbiylar shtabi uni “Barselona V” jamoasiga o‘tkazib yubordi.

Moriba endi boshqa klubga sotib yuborilishi mumkin. Uning transferi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!