Kuman "Barsa"dan alamzada

  • 28 oktabr, 2021, 19:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ga Kumanning iste’fosi qimmatga tushadigan bo‘ldi. "ESPN" nashri tarqatayotgan xabarga ko‘ra, 58 yoshli murabbiy Kataloniya klubidan shartnomani bekor qilgani uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan mablag‘ning hammasini undirmoqchi.

"Ko‘k-anorranglilar" ayni damda niderlandiyalik mutaxxassisdan 12 million evro qarzdor. Ma’lum bo‘lishicha, Ronald "Barsa" rahbariyatidan o‘zini qo‘llab-quvvatlashini va natijalar yaxshilanishi uchun biroz sabr qilish kerakligini so‘ragan. 

Lavozimidan ozod etilganidan so‘ng, Kuman "ko‘k-anorranglilar" rahbariyatidan bitimda ko‘rsatilgan pulni oxirgi tsentigacha talab qilmoqda. 




Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!