Kuman "Barsa"dan ketadigan yana 3 futbolchi nomini ma’lum qildi

  • 24 avgust, 2020, 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa tarkibini qayta shakllantirish ishlarini davom ettirmoqda.

Sport.es nashrining yozishicha, gollandiyalik mutaxassis mavsumlar oralig‘ida himoyachi Samuel Umtiti va yarim himoyachilar Arturo Vidal hamda Ivan Rakitichdan qutilmoqchi. Ular tez orada transferga qo‘yiladi.

Bundan avvalroq esa, Jordi Alba, Serxio Buskets va Luis Suares Kumanning rejalariga kirmasligi ma’lum bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!