Kuman: "Barselona" bunday yo‘l tutishiga ishonmayman"

  • 29 iyun, 2022, 05:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman "Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining Kataloniya klubiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Tecno

"Robert — ajoyib futbolchi va to‘purar. U so‘nggi yillarda top darajadagi hujumchi ekanligini isbotladi. Ammo Levandovskining yoshi haqida savollar bor. U yana bir-ikki yil yuqori saviyada o‘ynay olishini taxmin qilish qiyin emas. Shuning uchun "Barselona" Robert uchun 50-60 million evro to‘lashiga ishonmayman", — deya fikr bildiradi Kuman.

Eslatib o‘tamiz, Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tmoqchi, ammo kataloniyaliklar "Bavariya" bilan transfer summasi borasida hali kelisha olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!