Kuman: Biz hali o‘sishi kerak bo‘lgan jamoamiz

  • 22 iyun, 2024, 03:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kuman "Evro-2024" doirasidagi Frantsiyaga qarshi uchrashuvdagi durangdan (0:0) u qadar mamnun emas. 

"Natija biroz xafa qildi. Butun o‘yinni ko‘rib chiqsangiz, ba’zi pozitsiyalarda to‘pni yo‘qotib qo‘ydik. Bu yaxshi emas. Chiziqlarimiz orasida ko‘p bo‘shliq bor va ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak edi. 

O‘zimni g‘alaba qozongandek his qilmayapman. Biz g‘alaba qozonish va gol urish uchun o‘ynaymiz. To‘g‘ri, bizda ko‘p imkoniyatlar bo‘lmadi. Biroq fikrimcha, frantsuzlar ham biz kabi natijadan biroz qoniqishgan. 

Frantsiyadek terma jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin. O‘z futbolimizni ko‘rsatib, dadilroq harakat qilishni xohlaymiz. Ko‘proq hujum qilib, ko‘proq imkoniyatlar yaratishimiz kerak. Biz hali o‘sishi kerak bo‘lgan jamoamiz", -
dedi Niderlandiya terma jamoasi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!