
Kuman eski joyiga qaytadi
Niderlandiyada Ronald Kumanni terma jamoa bosh murabbiyligiga qaytarish varianti jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.
NOS nashri xabariga ko‘ra, Niderlandiya qirollik futbol assotsiatsiyasi allaqachon 59 yoshli mutaxassis bilan muzokaralar boshlagan. Gap JCh-2022dan keyingi tayinlanish haqida ketmoqda, ya’ni Niderlandiyaning amaldagi ustozi Lui van Galning shartnomasi yakuniga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Kuman 2018 yildan 2020 yilgacha Niderlandiya terma jamoasini boshqargan, shundan so‘ng u oktyabr oyida ishdan "Barselona"ga jo‘nab ketgan edi.
Fikrlar