Kuman "kuyib" qoladi
Ronald Kuman “Barselona”ni qabul qilib olganidan beri “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjino Veynaldumni olishni orzu qilmoqda.
Kuman qo‘l ostida Niderlandiya terma jamoasida ham to‘p tepgan bu yarim himoyachi liverpulliklar bilan shartnomani uzaytirmadi va mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadi.
Garchi, avvalroq, Veynaldum yozda “Barselona” safiga qo‘shilishga rozilik bergani aytilgan bo‘lsa-da, vaziyat o‘zgarib qolishi ham mumkin.
Veynaldumning agenti Xamfi Niyman yaqinda bergan intervyusida uning mijozi “Bavariya”da to‘p tepmoqchi ekanini alohida ta’kiladi.
- “Bavariya” – buyuk klub. Agar myunxenliklar Veynaldumni o‘z safida ko‘rishni istasa, biz muzokaralarga tayyormiz, - dedi Xamfi Niyman.
Veynaldum “Liverpul”dagi so‘nggi mavsumida hozircha 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar