Kuman: Men Messining klub bilan muammosini hal qila olmayman

  • 13 noyabr, 2020, 17:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoa etakchisi Lionel Messining muammolarini hal etishda yordam berolmasligini ma’lum qildi.

- Men klubga kelganimda Messi norozi ekanini aytishdi. Uning uyiga bordim va biz suhbatlashdik. U menga nimadan norozi ekanini aniq tushuntirib berdi. Men ham unining klub bilan yuzaga kelgan muammolarini bartaraf etishda yordam bera olmasligimni ochiq aytdim.

Klub bilan muammolari echim topmagan bo‘lsa-da, Messi menga doim sovrinlarni yutishga tayyorligi va jamoada etakchi ekanini ko‘rsata oldi. “Barselona” Messi bilan kuchli jamoa bo‘lib qolaveradi, - dedi Ronald Kuman.  

Messining klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Messi o‘zaro hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!