Kuman: Messi men bilan emas, klub bilan janjallashgan

  • 16 sentabr, 2020, 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” bosh murabbii Ronald Kuman jamoa sardori va etakchisi Lionel Messi bilan munosabati haqida gapirdi.

Tecno

- Bu mojaro meni chetlab o‘tdi. Muammo asosan Messi va klub o‘rtasida vujudga keldi. O‘shandan buyon men Messi bilan gaplashib turibman va biz ishni birga davom ettiramiz, - dedi Ronald Kuman.

Pandemiya tufayli kech yakunlangan mavsum oxirida Lionel Messi “Barselona”dan ketishini e’lon qilgandi. Biroq, klub rahbariyati uni shartnoma shartlarini  oxirigacha bajarishga majbur qilmoqda. Ayni paytda, klub prezidenti Jozep Bartomeu futbolchining maoshini pasaytirish bo‘yicha muzokara boshlashga tayyorlanmoqda.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!