
Kuman: Messi tayyor emasligini o‘zi ham biladi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman “Ximnastik” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin Messi haqidagi fikrlarini bildirdi.
- Lionel mashg‘ulotlarda qattiq harakat qilyapti. U hali tayyor emas va sport formasini tiklab olishi kerakligini o‘zi ham biladi. Boshqa futbolchilarning ham holati shunday. Messi o‘z darajasini ko‘rsatishi kerak, - dedi Kuman.
Messi o‘rtoqlik uchrashuvida bir bo‘lim o‘ynadi xolos. Kataloniyaliklar Ispaniya chempionatidagi ilk uchrashuvini 27 sentyabr kuni “Vilyarreal”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar