Kuman Niderlandiya termasini “Barsa”ga ko‘chiryapti
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman yozgi transferlar mavsumida Kataloniyaga olib kelinadiganlan qatoriga yana bir hamyurti – Kelvin Stengsni ham qo‘shdi. Hujumkor yarim himoyachi AZ jamoasi sharafini himoya qiladi.
Bungacha, Kuman Donni van de Bek, Jorjino Veynaldum, Memfis Depay kabi Niderlandiya terma jamoasidagi shogirdlarini ham “Barselona”ga taklif qilayotgan edi.
AZ jamoasida chap qanot yarim himoyachisi vazifasini bajaruvchi Kelvin Stengsni Ronaldu Kuman 2019 yilda Niderlandiya terma jamoasiga ham chaqirtirgandi.
“Barselona” skautlari bu futbolchini Kuman kelgunga qadar ham kuzatib yurgani aytilmoqda.

Fikrlar