
Kumanga kerak futbolchi raqib jamoadan topildi
“Barselona” yozgi transferlar davrida olinishi mumkin bo‘lgan nomzodlar ro‘yxatiga “Real Sosedad” yarim himoyachisi Mikel Merinoni ham kiritdi.
24 yoshli futbolchi etakchilik qobiliyati bilan san-sabastyanliklarning o‘tgan yili Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishiga ulkan hissa qo‘shdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ronald Kuman Mikel Merino imkoniyatlarini va iste’dodini yuqori baholamoqda va uning o‘yini “Barselona” uslubiga mosligini aytmoqda.
Merinoning jamoa bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha tuzilgan va uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan klub 60 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi. Kuman bu futbolchini “Barsa” o‘rniga PSJ taklifini qabul qilgan Jorjino Veynaldum o‘rniga olmoqchi.
Fikrlar