Kumanning g‘azabi qo‘zidi
“Barselona” bosh murabbiyi Ronald Kuman klub prezidenti vazifasini bajarayotgan Karles Tusketsning o‘tgan yozda Lionel Messini sotish iqtisodiy nuqtai nazardan foyda keltirishi haqidagi gaplaridan g‘azabga kelganini ma’lum qildi.
- Klubdan tashqaridagi izohlar bizni qiziqtirmaydi, lekin ichimizdan chiqayotgan iddaolar ham jamoaga yordam bermaydi. Bunaqa chiqishlar bizga ishimizni bajarish va g‘alaba qozonish uchun xalaqit qiladi. Bu Tusketsning shaxsiy fikri, lekin Messi mavsum yakuniga qadar shu erda. Bundan keyin ham Leo jamoada qolishiga umid qilamiz, - dedi Kuman.
Lionel Messining "Barselona"dagi kelajagi hamon mavhumligicha qolmoqda.

Fikrlar