
Kunya 10-raqamni nega tanlagani haqida batafsil gapirdi
Xabaringiz bor, braziliyalik hujumchi Mateus Kunya yangi mavsumda "Manchester Yunayted" safida 10-raqam ostida to‘p suradi. Avvalroq ushbu raqam ostida Markus Reshford harakat qilardi, ammo u Ruben Amorimning rejalarida yo‘q va katta ehtimol bilan yozda jamoani tark etadi.
Kunya o‘zining "Old Trafford"da 10-raqamni qabul qilishi haqida klub matbuot xizmatiga shunday dedi:
"Vau! Bu men har doim orzu qilgan narsa. Bu raqamda o‘ynagan ko‘plab buyuk futbolchilarni sanashim mumkin. Uni ko‘rganimdayoq Ueyn Runi yodimga tushadi – men uning o‘yinlarini ko‘rib katta bo‘lganman.
Bir kuni Reshford bilan futbolka almashgandim, o‘sha libosi hali ham uyimda saqlanyapti. Bu raqamda shuningdek van Nistelroy, Ibragimovich ham o‘ynagan.
10-raqamda to‘p surish — bu shunchaki orzu emas. Bu raqamning tarixi katta va men uchun bu ulkan sharaf" - deya ta’rif berib o‘tdi "qizil iblislar"ning yangi futbolchisi.
Fikrlar