Kuper O‘zbekiston MTJning Turkiya, KXDR va Suriyaga qarshi tarkiblarini qachon e’lon qilishi ma’lum

  • 25 may, 2019, 14:54
  • Bekzod Isayev
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning iyun oyida 3ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Dastlab, 2 iyun kuni Alanya shahrida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi, keyin esa 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

Mazkur o‘rtoqlik o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Ektor Kuper boshchiligidagi milliy terma jamoamiz 28 may kuni Toshkentda yig‘inga kirishadi. Mazkur yig‘inga jalb qilingan futbolchilar nomi Coca Cola Superliganing 10-turidan keyin 27 may dushanba kuni e’lon qilinadi. Chunki shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadigan tur uchrashuvlarida milliy terma jamoaga nomzod bo‘lgan futbolchilar jarohat olishib qolishi va boshqa kutilmagan holatlar ro‘y berishi mumkin. Shu sababli Ektor Kuper to‘liq ro‘yxatni e’lon qilish uchun Superliganing 10-turi yakuniga etishini kutishga qaror qildi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 28 may kuni Toshkentda boshlanadigan yig‘in davomida "Sity Palace" mehmonxonasida joylashib, "Jar" stadionida mashg‘ulot olib boradi. 31 may kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegatsiyasi Toshkent-Istambul-Antaliya yo‘nalishi bo‘ylab Turkiyaga yo‘l oladi. U erda 2 iyun kuni Alanya shahridagi "Alanya Stadium" o‘yingohida Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi. 

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari 3 iyun kuni yarim tunda Toshkentga qaytib kelib, yig‘inni davom ettirishadi. 

7 va 11 iyun kunlari Toshkentdagi "Milliy" stadionda KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. 12 iyun kuni esa yig‘in yakuniga etadi va terma jamoaga jalb qilingan futbolchilar o‘z klublariga qo‘yib yuboriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
HAMMAH STAR
26/05/2019 17:20
Hamroz sattorov murabbiyligida

Darvozabon
Eshmurodiv
Nematov
Yusupov
Ximoya
Saitov
Alijonov
Tursunov
Rustamov
Gaybullayiv
Eshmurodov
Komilov
Muxtorov
Yarim ximoya
Xamrobekov
Shukurov
Masharipov
Kenjaboyiv
Urinov
Aliboyiv
Jaloliddinov
Siddiqov
Yaxshiboyiv
Giyosiv
Xujum
Shomurodov
Murtazoyiv
B.Abduxoliqov
T.Abduxoliqov

Hamroz sattorov murabbiyligida
&
HAMMAH STAR
26/05/2019 17:19
Hamroz sattorov murabbiyligida

Darvozabon
Eshmurodiv
Nematov
Yusupov
Ximoya
Saitov
Alijonov
Tursunov
Rustamov
Gaybullayiv
Eshmurodov
Komilov
Muxtorov
Yarim ximoya
Xamrobekov
Shukurov
Masharipov
Kenjaboyiv
Urinov
Aliboyiv
Jaloliddinov
Siddiqov
Yaxshiboyiv
Giyosiv
Xujum
Shomurodov
Murtazoyiv
B.Abduxoliqov
T.Abduxoliqov

Hamroz sattorov murabbiyligida
&
ОЗИМИЗ
25/05/2019 20:25
Солом хамага КУПЕРБОБО ОЙИНГА БИР ХАФТА КОЛГАН БОЛСА ХАМ АСОСИ САСТАФНИ АНИКЛАЙ ОЛМАСА БИЗНИ КИМ Ж/Ч ГА ОЛИБ ЧИКАДИ ХАЛИ ХАМ АСОСИ САСТАВНИ АНИКЛАЙ ОЛМАГАН МУРАБИ ЯНА НИМА КУТИШ МУМКИН МАЙЛИ КОРАКЛИ 3 ОЙИН КОП НАРСАНИ ОЙДИНЛИК КОРСАТАДИ ИЛОЙИМ БИЗНИ ХУРСАНТ КИЛАДИГАН ОЙИН БОЛСИН ЯНА КУПЕР БОБОНИ АЖДОДЛАРИНИ ЭСЛАБ ЮРМАЙЛИК
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
25/05/2019 16:07
куперга ҳам ишнч қолмаяпти
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
25/05/2019 16:07
ҳали ҳам билмайди шекилли кимни чақиришни