
Kurash milliy sporti rivojlantiriladi
Kurash milliy sporti yanada rivojlantiriladi. Bu haqda Sport Vazirligi xabar berdi.
“Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qaroriga (PQ-450-son, 20.12.2024 y.) muvofiq:
Xalqaro darajadagi malakali murabbiylar va hakamlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish tizimi joriy etiladi;
Kurash milliy sport turi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari amalga oshirib boriladi;
“Yil kurashchisi”, “Yil murabbiyi” va “Yil hakami” nominatsiyalari bo‘yicha respublika tanlovlari tashkil etiladi;
2026-yildan boshlab o‘zbek, ingliz va rus tillaridagi “KURASh” nomli ilmiy-ommabop elektron jurnali chop etiladi.
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida Kurash milliy sport markazi barpo etiladi.
Fikrlar