
Kurtua: "Biz – bu biz, oxirigacha kurashamiz"
"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua La Liganing navbatdagi turida "Malorka" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi:
– Birinchi taym mavsumimizga o‘xshash kechdi. Bizning darvozamizga a’lo darajadagi gol urildi, vaziyatlar kam bo‘ldi. Leo Roman ajoyib o‘ynadi. Ammo baribir hisobni tenglashtirdik va g‘alabani sug‘urib qolishga qodir ekanimizni bilardik.
Ularda birga-bir vaziyat bo‘ldi, lekin men jamoamni qutqardim. Biz – "Real", biz oxirigacha kurashamiz. Ko‘p jarohatlar bo‘ldi, 90 daqiqa o‘ynash oson emas. Ammo emblemamiz bizdan taslim bo‘lmaslikni talab qiladi.
Katta farq bor, lekin chempionlik imkoni matematik jihatdan yo‘qolmagunicha, biz ishonishda davom etamiz, – dedi Kurtua klub telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar