Kurtua: "Bizni "oltin avlod" deyish qiyin, chunki hech nima yuta olmadik"

  • 04.12.2022 18:27
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasining "oltin avlod"i haqida gapirdi.

"JChning qolgan qismida Ispaniyaga muxlislik qilaman, shu bilan birga "Real"dagi jamoadoshlarimga omad tilayman. Bu mundialda ham, Evro-2020da ham o‘zimiz kutgan o‘yinni namoyish eta olmadik. Natijalarimiz uyatli.

Endi nimalar sodir bo‘lishini kuzatamiz. Kimdir qoladi, kimdir ketadi. Futbolda barchasi tez o‘zgaradi. 2024 yilgi Evropa chempionati saralash bosqichini kutamiz.

Bizni "oltin avlod" deyish qiyin, chunki hech nima yuta olmadik. Biz shunchaki iqtidorli futbolchilarga ega yaxshi jamoamiz. Rossiyada o‘tgan mundialda yaxshi o‘yin ko‘rsatuvchi Belgiyani namoyish etgandik".

Kurtua shuningdek, 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish niyatida ekanligini aytdi.

"Ha, bu mening rejalarimda bor. Jamoamizga yangi futbolchilar kelib qo‘shiladi. Umid qilamanki, Belgiya milliy terma jamoasidagi faoliyatimni hozir emas, bundan yaxshiroq natijalar bilan yakunlayman".

Roberto Martines shogirdlari Qatar mezbonligida o‘tayotgan mundial guruh bosqichidayoq o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!