Kurtua jarohat olib safdan chiqdi. Uning qachon safga qaytishi ham ma’lum

  • 10.11.2025 18:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua chap oyog‘ining uzun etakchi mushagidan jarohat oldi. Bu haqda klubning matbuot xizmati xabar berdi.

Jurnalist Melchor Ruisning ma’lumotiga ko‘ra, belgiyalik posbonning tiklanishi taxminan 15 kungacha davom etadi.

Shu sababli Kurtua Belgiya terma jamoasining Qozog‘iston va Lixtenshteynga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishi aniq. U 23 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan La Liga doirasidagi "Elche"ga qarshi bahsgacha safga qaytishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!