
Kurtua “Real”ga kelgani qaysi futbolchiga yoqmaganini aytdi
Tibo Kurtua bir necha yillardan beri “Real”ning asosiy darvozaboni hisoblanadi va birinchi raqamni hech qaysi raqobatchisiga bermay kelmoqda.
Belgilik posbon 2018 yili “Chelsi”dan “Real”ga o‘tgan davrlarini esladi. Uning aytishicha, o‘sha paytda madridliklar darvozasini qo‘riqlagan Keylor Navasga Tiboning kelgani yoqmagan ekan.
- Men Madrid klubiga o‘tganimda Keylor Navasning raktsiyasini darrov payqaganman. U meni o‘zining hududiga daxl qilgan, deb hisoblardi, - dedi Tibo Kurtua.
Kurtua Belgiyaning “Genk” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011 yili “Chelsi” uni o‘z safiga qo‘shib olgan. Orada bir mavsum “Atletiko Madrid” safida ham ijarada o‘ynagan.
32 yoshli golkiperning “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha davom etadi.
Fikrlar