
Kurtua va "Chelsi" kelisha olmayapti
“Chelsi” klubi taklif etayotgan yangi shartnoma belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuani qanoatlantirmayapti. Tomonlar hamon muzokaralarni davom ettirmoqda.
Agar muzokaralar muvafaqqiyatli yakun topmasa Kurtua bir yildan so‘ng erkin agentga aylanadi.
Shu sabab “Chelsi” futbolchini kelasi mavsum so‘nggida tekinga qo‘yib yubormaslik uchun sotib yuborishi ham mumkin. 26 yoshli belgiyalik futbolchiga “Real” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda.
Kurtuaning transfer narxi 60 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar