Kurtua yozda "Real"dan ketishi mumkin
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi” rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan 26 yoshli belgiyalik posbonning ko‘rsatayotgan o‘yinlaridan qoniqmayapti. Frantsiyalik mutaxassis “Real”ning asosiy darvozaboni sifatida Keylor Navasni ko‘rmoqchi.
Ma’lumot uchun, “Real” Kurtuani 2018 yil “Chelsi”dan 35 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 32ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 42ta gol o‘tkazib yuborishi mumkin.



Fikrlar