Kutilm agan qaror: “Tottenxem” superhujumchi Keynni sotishga rozi bo‘ldi

  • 18 fevral, 2021, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi rahbariyati jamoaning asosiy hujumchisi Harri Keynni sotib yuborish uchun unga transfer summasini belgiladi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, “Tottenxem” xo‘jayinlari jamoaning asosiy yulduzini 170 million evroga baholamoqda. Bu summadan kam bo‘lgan takliflar ko‘rib chiqilmaydi.

Ayni paytda 27 yoshli to‘purarga “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” asosiy da’vogar hisoblanadi. Bu jamoalar anchadan beri ingliz futboliga moslashgan va ko‘p gol ura oladigan futbolchiga ehtiyoj sezmoqda.

Joriy mavsumda Keyn “Tottenxem” safida 32 ta uchrashuv o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 14 ta golli pas oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyunigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!