CHERY AUTO

"Yuventus" klubida baxtli emasdek ko‘rinayotgan Krishtianu Ronaldu shu yozdayoq faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirmoqchi. Bu haqda "L'Équipe" nashri xabar tarqatdi.

Tecno

Ronaldu "Manchester Siti" a’zosiga aylanishi mumkin. Buni shaxsan futbolchining o‘zi istamoqda. Chempionlar Ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogar safida Krishtianu 6-bor "oltin to‘p" sovrinini yutishni maqsad qilgan. U avval ham APLda o‘ynagan bo‘lib, "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, portugaliyalik hujumchi "shaharliklar" safida harakat qilayotgan hamyurtlari Ruben Diash, Joau Kanselu kabi futbolchilar bilan jamoa ichki muhiti borasida suhbat olib borgan. O‘z navbatida, "Siti" ham KriRoni xarid qilishga qarshi emas. Xarri Keyn "Tottenxem"dan olib kelinmasa, Ronaldu transferi eng ma’qul variantga aylanadi. Ma’lumot uchun, Angliyada yozgi transfer oynasi 1 sentyabr sanasiga qadar davom etadi.

36 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. Uning transferi 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!