
Kutilmagan qaror: Messi jamoasini o‘zgartiradi va shu klubda faoliyatini yakunlaydi
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messining keladagi ko‘pchilikni qiziqtirib qo‘ydi. Argentinalik yulduzga o‘zi o‘ynayotgan MLSning darajasi yoqmadi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Messi “Inter Mayami” bilan 31 dekabr kuni tugaydigan shartnomasini yangilamaydi va AQShi tark etadi.
Ayni paytda Saudiya Arabistoni investitsiya fondi futbolchining otasi bilan muzokara olib bormoqda. Biroq taniqli jurnalist Flavio Azzaroning ta’kidlashicha, Leoning fikri yana o‘zgardi.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli Messi o‘zi futbolda ilk qadamini tashlagan “Nyuell Old Boyz” jamoasiga ko‘chib o‘tmoqchi va ma’lum muddat Argentinada o‘ynaganidan keyin butsalarini mixga osishni o‘ylab turibdi.
Fikrlar