Kutilmagan xabar! Xoland "Borussiya" bilan shartnomani bekor qilishi mumkin
Mundo Deportivo nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, "Borussiya-D" hujumchisi Erling Xoland "Barselona"ga o‘tish uchun "arilar" bilan shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda, 20 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola bu borasida muzokaralarga kirishgan. Erlingning o‘zi ham faoliyatini top klubda davom ettirishga qarshi emas.
Xoland ushbu mavsum 10ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan. Uning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar