Kvaratsxeliya uchun ikki klub kurash olib boradi

  • 15 noyabr, 2024, 16:59
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ va "Barselona" bosh murabbiylari Luis Enrike va Xans-Diter Flik "Napoli" vingeri Xvichi Kvaratsxeliya bilan shartnoma imzolash niyatida. Futbolchining o‘yin uslubi ikki murabbiylariga ham yoqadi. Bu haqda "Gazzetta" nashri xabar berdi.

Tecno

"Napoli" esa futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Avvalroq ma’lum qilinganidek, vingerning vakillari klubdan yillik maoshni 8 million evroga oshirib, shartnomani 2029 yilgacha uzaytirishni so‘ragan edi. "Napoli" esa o‘z navbatida, 6 million evrodan oshmaydigan maosh va qo‘shimcha to‘lovlar taklif qilishga tayyor.

Boshqa klublarning qiziqishini hisobga olgan holda, klub prezidenti Aurelio De Laurentis vingerning yangi shartnomasiga 100 million evrolik tovon pulini kiritishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Xvichaning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!