
La Liga 1-davrasining ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Tarkibda Messi va Benzemadan boshqa yana kimlar bor?
Ispaniyaning mashhur Marca nashri La Liganing joriy 2019/20 yilgi mavsum birinchi davrasi ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.
Quyida ushbu tarkib bilan tanishib olishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Yan Oblak ("Atletiko");
Himoyachilar: Xesus Navas ("Sevilya"), Jerar Pike ("Barselona"), Diego Karlos ("Sevilya"), Xose Gayya ("Valensiya");
Yarim himoyachilar: Martin Edegor ("Real Sosedad"), Federiko Valverde ("Real"), Santi Kasorla ("Vilyarreal");
Hujumchilar: Lionel Messi ("Barselona"), Karim Benzema ("Real"), Luis Suares ("Barselona").
Fikrlar