
La Liga. "Atletiko Madrid"ning g‘alabali seriyasi o‘z nihoyasiga etdi
La Liganing 20-turidan o‘rin olgan bahsda "Leganes" o‘z uyida peshqadam "Atletiko Madrid"ni qabul qilib, sensatsion tarzda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 50-daqiqasida mezbonlar vakili Matiya Nastasich burchakdan uzatilgan to‘pni darvoza tomon yo‘llab, hisobni ochdi. Mazkur bellashuv davomida "matraschilar" hisobni tenglashtirish uchun xavfli hujumlar tashkil qilishdi. Bahsning 90-daqiqasida Antuan Grizmann penaltidan unumli foydalana olmadi.
Ushbu g‘alabdan so‘ng "Leganes" ochkolar sonini 22 ta etkazib, turnir jadvalining 15 pag‘onasida borayotgan bo‘lsa, Simeoni shogirtlarining 15 o‘yindan beri davom etayotgan g‘alabali seriyasiga nuqta qo‘yildi. Garchi klub ushbu alamli mag‘lubiyatdan so‘ng birinchi o‘rinni saqlab qolgan bo‘lsada, ikkinchi o‘rindagi "Real Madrid" bu turdagi o‘z uchrashuvini ertaga "Las-Palmas"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar