
La Liga. "Barselona" g‘alaba qozonib, turnir jadvali etakchisiga aylanib oldi
"Barselona" Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida "Malorka"ni minimal hisobda mag‘lub etdi - 1:0.
Robert Levandovski birinchi bo‘limda gol kiritdi va bu jamoasiga qimmatli uch ochkoni taqdim etdi.
“Barselona” 19 ochko jamg‘arib, 18 ochkosi bor "Real"ni ortda qoldirgan holda turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Malorka" esa 8 ochko bilan 10-o‘rinni band etgan.
Fikrlar