
La Liga. "Barselona" kambek evaziga g‘alaba qozonib, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi
La Liga 27-turidan o‘rin olgan "Elche" - "Barselona" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda "ko‘k-anorranglilar" 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, mezbonlar futbolchisi Torre 44-daqiqada hisobni ochdi. 60-daqiqada Ferran muvozanatni tikladi. O‘yin tugashiga yaqin Depay penalti ishladi va o‘zi 11 metrli nuqtadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, Xavi shogirdlari ochkolari sonini 48 taga etkazib olgan holda, La Liga turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 29 ochkosi bor "Elche" 14-pog‘onani band etgan.
Fikrlar