
La Liga. "Barselona" "Valyadolid" darvozasini tor-mor etdi
La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Valyadolid" bahsi yirik hisobda yakuniga etdi.
Ushbu bahs yirik 7:0 hisobida "Barsa" foydasiga hal bo‘ldi.
Dastlab, birinchi bo‘limning 20-daqiqasida Rafinya hisobni ochdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Levandovski oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
45+2 daqiqada standart vaziyatdan so‘ng himoyachi Kunde oradagi farqni uchtaga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 64-daqiqasiga kelib Levandoskining uzatmasidan so‘ng Rafinya dubl qayd etgan bo‘lsa, 72-daqiqada xet-trek muallifi bo‘ldi. 82 va 85-daqiqalardagi Olmo va Torresning gollari hisobni yirik 7:0 ko‘rinishiga keltirdi.
Shu tariqa, 4-turdan so‘ng "Blaugrana" 12-ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar