La Liga Eden Azarni yubiley bilan tabrikladi
Ispaniya La Ligasi va "Real" belgiyalik vinger Eden Azarni 30 yoshga to‘lgani bilan tabrikladi.
La Liga o‘z tvitter sahifasida Azarga "Real"da orzu qilgan barcha maqsadlariga erishishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, Eden Azar "Real" safiga 2019 yilning yozida 100 million evro evaziga “Chelsi”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida “qirollik klubi”da 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar