La Liga. Grizmanning ajoyib gollari "Atletiko"ga g‘alaba taqdim etdi
Ispaniya La Ligasining 11-turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va unda “Betis” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar bir-birining darvozasiga aniq zarba bera olishmadi. Ikkinchi bo‘limda “matraschilar” frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmanning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi.
71-daqiqada Grizmann uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi va madridliklarning ustunligini mustahkamladi. 84-daqiqada mezbonlar hisobdagi farqni qisqartirishdi - Nabil Fekir gol muallifi.
Qolgan vaqtda “Betis” futbolchilari hisobni tenglashtira olmadi. Uchrashuv Madrid klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu o‘yindan keyin "Atletiko" 23 ochko jamg‘arib, chempionatda uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. 20 ochkoga ega bo‘lgan "Betis" turnir jadvalining beshinchi pog‘onasiga tushib ketdi.



Fikrlar