La liga hakamlar qo‘mitasi boshlig‘i Messining golini hisobga olmagan hakamni qo‘llab-quvvatladi

  • 29 noyabr, 2017, 03:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya hakamlar qo‘mitasi prezidenti Viktoriano Sanches Arminio Ispaniya La ligasi 13-turidan o‘rin olgan “Valensiya” – “Barselona” (1:1) o‘yinida Lionel Messi tomonidan kiritilgan “toza” golni inobatga olmagan hakamni qo‘llab-quvvatladi.

Tecno

“Odamlarga hakamlarga hujum  qilish yoqadi,  ularni qo‘llab-quvvatlash emas. Iglesies Vilyanueva o‘yinni juda yaxshi  boshqarib bordi. Bu vaziyatni esa baholash juda qiyin edi.

Men u bilan dushanba kuni gaplashdim. Uni ayblash nohaqlik bo‘ladi. Men unga bu vaziyatni tezroq esdan chiqarishi lozim ekanligini aytib o‘tdim. U o‘zini o‘nglab olishi va ishida davom  etishi kerak”, – deb aytib o‘tdi hakamlar korpusi boshlig‘i.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!