La Liga klubida 14 yoshli futbolchi paydo bo‘ldi
«Levante» kelajakka oʻz yoʻlini aniq belgilab olgan: klub asosiy eʼtiborni oʻz akademiyasida yetishib chiqayotgan yosh isteʼdodlarga qaratmoqda.
Valensiya shahri jamoasi yosh futbolchilarga sarmoya kiritishni davom ettirar ekan, bu safar diqqat markazida 14 yoshlik markaziy himoyachi Diego Moyano turibdi. Unga bosh murabbiy Luis Kastro tomonidan asosiy tarkib bilan birga mashgʻulotlarda ishtirok etish imkoniyati berildi.
Diego Moyano oʻtgan mavsumda 14 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Ispaniya chempioni boʻlib, mamlakat miqyosida oʻzini koʻrsata oldi. Uning oʻyinlari eʼtiborsiz qolmadi: avval Ispaniya oʻsmirlar terma jamoasiga (U14), shundan soʻng esa U15 yosh toifasidagi terma jamoaga ham chaqiruv oldi.
Hozirgi paytda «Levante» Ispaniya chempionati jadvalida oʻn yettinchi oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar