La Liga o‘yinlari Kanar orollarida davom ettirilishi mumkin
Koronavirus tufayli to‘xtab qolgan Evropa milliy chempionatlari uni qanday davom ettirish masalasida bosh qotirishmoqda. Ispaniya chempionati ham bundan mustasno emas.
Kanar orollarida joylashgan mehmonxonalar rahbarlari Ispaniya futbol federatsiyasiga La Liga o‘yinlarini o‘sha erda yakunlash taklifi bilan chiqishgan. Shuningdek, ular Segunda uchrashuvlarini ham to‘liq o‘tkazishga tayyorliklarini bildirishgan.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Tenerife va yana boshqa bir qator orollar Ispaniyaning 2 ta divizionining 46 ta jamoasini mehmonxona va futbol maydonlari bilan ta’minlashga tayyor.
Ayni damda Ispaniyada 146 690 nafar insonda COVID-19 virusi aniqlangan. Bemorlarning 48 021 nafari sog‘aygan.

Fikrlar