La Liga prezidenti: Ba’zi klublarning xudbinligini allaqachon bilganman
La Liga prezidenti Xaver Tebas barbod bo‘lgan Evropa Superligasi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Superliga o‘zini kulgiga qo‘ydi va uning butun kontseptsiyasi butun dunyo bo‘ylab futbol sohasi va muxlislarini tushunish borasida etakchilarining jiddiy bilimsizligini namoyish etdi.
Menga xiyonat qilishdi, deb hisoblamayman. Men bu biznes bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanganman va ba’zi klublarning xudbinligini allaqachon bilganman.
Superliga g‘oyasi uzoq vaqt davomida yashirincha paydo bo‘lgan. Ammo boshqalardan yashirincha biron ish qilish yomon”, - dedi Tebas.
Dastlavval, Superligada 12 ta klub ishtirok etishga rozilik bildirgan edi. Ammo kecha ularning aksariyati o‘z fikridan qaytdi. Hozircha "Yuventus", "Real" va "Barselona" Superligadan chiqqanini rasman e’lon qilmadi.

Fikrlar