La liga prezidenti: PSJ va "Manchester Siti" Evropa futboliga katta muammoni olib kirdi

  • 27 noyabr, 2020, 12:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La ligasi prezidenti Xaver Tebas "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Siti" rahbariyatini futbolchilarning maoshini ko‘tarib yuborganliklari uchun tanqid qildi.

"Evropa futbolida maosh miqdori 15 foizga oshib ketdi, chunki PSJ va "Siti" futbolchilarga klub daromadlaridan emas, neft va gazdan keladigan pullar orqali maosh to‘lamoqda.

Ularning homiylari "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted"nikidan ko‘proq. Ikkala klub rahbariyatining bu ishlari ortidan futbolda katta muammo paydo bo‘lmoqda",  - deydi Tebas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!